O`zbekiston Respublikasi

Server — tarmoqqa ulangan va undan foydalanuvchilarga ma’lum xizmatlar kо‘rsatuvchi kompyuter.

Serverlar maúlumotlarni saqlashi, ma’lumotlar bazasini boshqarishi, masalalarni masofadan qayta ishlashi, masalalarni bosib chiqarishi va boshqa bir qator vazifalarni bajarishi mumkin.

Ishchi stansiya — tarmoqqa ulangan shaxsiy kompyuter, foydalanuvchi shu orqali axborot resurslariga kirib boradi.

Tarmoqning ishchi stansiyasi ham tarmoq, ham lokal rejimida ishlaydi. U shaxsiy operatsion tizim (MS-DOS, Windows  va hokazo) bilan ta’minlangan amaliy vazifalarni hal etish uchun foydalanuvchini barcha zarur vositalar bilan ta’minlaydi. Server turlaridan biri — fayl-serverga (File Server) alohida e’tibor berish kerak.

Fayl-server tarmoqdan foydalanuvchilarning maúlumotlarini saqlaydi va ularning ushbu ma’lumotlarga kirishini ta’minlaydi. Bu kompyuter katta hajmdagi tezkor xotiraga, katta hajmdagi qattiq diskka ega.

U maxsus operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlaydi.

Fayl-server quyidagi vazifalarni bajaradi: ma’lumotlarni saqlash, maúlumotlarni arxivlash, ma’lumotlar о‘zgarishini sinxronlash, ma’lumotlarni uzatish.

Kо‘pgina vazifalarni bajarishda bitta fayl-serverdan foydalanish kamlik qiladi. Bu paytda tarmoqqa bir qancha fayl-serverlar qо‘shilishi mumkin.

Tarmoqdagi qurilmalarning о‘zaro aloqasini boshqarish.

Axborot tizimlari kompyuter tarmoqlari bazasida yaratilgan, u quyidagi vazifalar yechimini hal etadi: ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash, foydalanuvchining ularga kirishini taúminlash va maúlumotlarni qayta ishlash natijasini uzatish.

Markazlashgan qayta ishlash tizimida bu vazifalarni markaziy EHM (Mainframe, Host) bajaradi. Kompyuter tarmoqlari ma’lumotlarni qayta taqsimlab, qayta ishlashni amalga oshiradi. Bu holatda ma’lumotlarni qayta ishlash ikki obúyekt: mijoz va server о‘rtasida taqsimlanadi.

Mijoz (kliyent) —  vazifa, ishchi stansiya yoki kompyuter tarmog‘idan foydalanuvchi.

Mijoz ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida qiyin ishlarni bajarishi, faylni о‘qishi, ma’lumotlar bazasida axborot izlash uchun serverga sо‘rov jо‘natishi mumkin.

Ilgaritdan belgilangan server mijozdan tushgan sо‘rovni bajaradi. Server hamma foydalanadigan ma’lumotlarni saqlaydi ushbu ma’lumotlarga kirishni tashkil etadi va mijozga maúlumotlarni beradi.

Mijoz olingan ma’lumotlarni qayta ishlaydi va qayta ishlangan natijalarni foydalanuvchiga qulay kо‘rinishda taqdim etadi. Bunday tizimlar uchun mijoz-server yoki mijoz-server arxitekturasi atamasi qabul qilingan.

Mijoz-server arxitekturasidan bir darajali lokal hisoblash tarmog‘ida, shuningdek ajratilgan serverli tarmoqda foydalanish mumkin.

Bir darajali tarmoq. Bunday tarmoqda ishchi stansiyalar о‘zaro ta’sirini boshqarishning yagona markazi yо‘q va maúlumotlarni saqlash uchun yagona qurilma mavjud emas.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *